Ikki kunlik reyddan keyin Toshkentda 751 ta mashina jarima maydonchasiga yuborildi. 16-noyabr kuni YHXB Ma'muriy amaliyot markazi oldida mashinani olib chiqishga ruxsatnoma so'rab kelganlar navbatga turib, kechgacha kutdi. Boshqarma ruxsatnomani my.gov.uz portalida yoki xizmatning mobil ilovasida onlayn olsa bo'lishini eslatdi. Ushlab turish sabablari bartaraf etilgan bo'lsa, xabarnoma 1 ish kuni ichida keladi.
👉 Batafsil ma'lumot
