Davlat bayrog'ini uyda, ishda va oilaviy bayramlarda osib qo'yish…

Davlat bayrog'ini uyda, ishda va oilaviy bayramlarda osib qo'yish mumkin, poyabzal va ichki kiyimga tushirish esa taqiqlanadi

UzA Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonun qoidalarini eslatib o'tdi. Fuqarolar bayroqqa hurmat bilan munosabatda bo'lsa, uni uyda, ishda va oilaviy bayramlarda osib qo'yishi mumkin. Yirtilgan yoki rangi o'chgan bayroqdan foydalanish, uni o'rindiqqa to'shash, poyabzal va ichki kiyimga tushirish taqiqlanadi. Bayroq tasviridan tovar sotish uchun foydalanish ham taqiqlanadi.

🔗 Manba

👉 Batafsil ma'lumot

🧠 Bilim Hack · bilim-ha.uz
20-noyabr, 2026 13