Dunyoning eng nufuzli universitetida hatto tonggi toʻrt yarimda ham chiroqlar yoniq boʻladi. Hamma joyda oʻqishga shoʻngʻigan talabalarni koʻrish mumkin. Ular mustaqil shugʻullanishadi, vazifalarni bajarishadi yoki qoʻshimcha fanlarni oʻrganishadi. Kunning qaysi vaqti boʻlishidan qatʼi nazar, Harvard kutubxonasi gavjum.
Kampusning har bir burchagi: oshxona, auditoriyalar,laboratoriyalar, hatto tibbiyot xonasi ham mehnatkash yoshlar bilan toʻla. Ular darsliklarga mukkasidan ketishgan, konspekt yozishadi yoki oʻzaro nimalarnidir muhokama qilishadi.
Harvard talabalarini bunchalik tirishqoq boʻlishga undagan narsa nima? Ehtimol, bu universitetning shiori bilan bogʻliqdir: “Bitirgach, qayerda boʻlmang, oʻz oʻrningizni topishni va jamiyatga foyda keltirishni istasangiz, boʻsh vaqtingiz qolmaydigan darajada qattiq oʻqishingiz kerak!” Toʻgʻri, hamma talaba ham saharda uygʻonmaydi. Ammo kampusda istalgan vaqtda oʻqiyotgan odamlarni uchratish mumkin. Shu bois Harvardni “hech qachon uxlamaydigan shahar” deb atashadi.
Universitetda 49 ta kutubxona faoliyat yuritadi. Talabalar orasida kun-u tun mashhuridir. Ertalab soat olti-yettilarda Charlz daryosi qirgʻogʻi Harvard talabalari bilan gavjum boʻladi. Kimdir tonggi yugurish bilan band, boshqasi darsga shoshadi, yana kimdir shunchaki quyosh chiqishini kuzatadi.
Siz esa bu vaqtda issiqqina oʻrningizda uxlab yotgan boʻlasiz, toʻgʻrimi?
Aksariyat yoshlar tongni shunday oʻtkazishadi. Uygʻotkich jiringlagach, uni besh daqiqaga ortga surib, uxlashda davom etishadi. Bu holat kech qolayotganlarini
anglashmaguncha takrorlanadi. Keyin esa koʻzlarini ishqalab, oʻrinlaridan arang turishadi.
Maqolda aytilganidek: ertalab sizni uygʻotkich emas, orzularingiz uygʻotsin. Harvard talabalari barvaqt turib, tinimsiz oʻqishadi. Chunki ularning aniq maqsadi, ulkan orzulari bor. Inson marraga yetish uchun bor kuchini sarflasa, har qanday vazifani bajonidil bajaradi. Unda kuchli motivatsiya paydo boʻladi va qiyinchiliklarni osonlikcha
yengib oʻtadi.
Benimle