Har xil nikoh app bir narsalar chiqyaptiku. Bilmadim man IT olamidagi… — Aziziy Dev | Dangasa — TG.ME

Forwarded fromAZAzizify 🍾
Har xil nikoh app bir narsalar chiqyaptiku. Bilmadim man IT olamidagi shaxs boʻlsam ham qoʻllab quvvatlagim kelmayapti.

Oʻzi shundoq ham koʻp tanlovlarimizni algoritm qilyapti. Kontentlarimizni, reklamalar orqa boshqa narsalarni.

Ai ni endi qoʻyaverasizlar. Qancha narsalarda yordam, maslahat beryapti. Uni maslahatiga quloq solyapmiz.

Endi esa hayotda tanlovda adashmaslik kerak boʻlgan 2 narsadan biri, turmushga ham algoritm kirib keldi. Aniq bilaman qachondir ichiga AI ham qoʻshishadi, balki alloqachon bordir.

Agarda butun tizim boshqaruvi bir kishida boʻlsa ancha insonlarni boshqarsa boʻladi.
😁1
August 2, 2026 98 1