biz tomonlarda ko'pchilik rossiyaga ketib ishlaydi
shu yo'l bilan uy-joy va moshina oladi
yoshligimizda uyimizni ko'rinishidan sal uyalardim
chunki, qo'shnilarimizni uylari juda chiroyli remont qilingan edi
bizniki sal oddiyroq, va unchalik ham chiroyli ko'rinmasdi
o'rtoqlarimdan tez-tez eshitib qolardim:
— "Dadam rossiyadan menga velik jo'natdi"
— "Dadam menga rossiyadan telefon obkelarkan"
o'sha paytlari manam o'zimga savol berardim:
"nega maniyam ota-onam rossiyada ishlab, ko'p pul topib kelishmiydi? bizayam zo'r moshina olsak, va uyimizni ta'minlasak bo'ladi-yu!?"
vaqt o'tdi
ko'p narsani angladim
rossiya qatnaydigan ota-onasi bor ko'pchilik (hammasi emas) tanishlarim yomon yo'llarga kirib ketdi
na kasb, na hunar egalladi
qarovsiz qolgani uchun, ko'p vaqtlarini isrof qilishdi
endi esa ular ham ota-onasini yo'lidan ketishadi
rossiya yoki shunga o'xshagan joylarda ishlab kun ko'rishadi
aslida, ota-onam man uchun eng katta yaxshilikni qilishgan ekan
to'g'ri, har doim ham ko'p pulimiz bo'lmagan
har yili ham yangi maktab forma ololmasdik
aytganimiz - shu zahoti muhayyo bo'lmasdi
lekin, shu qiyinchiliklar bizni yuksaltirdi
har doim "ilm oling, o'qing va o'zingiz harakat qiling" - degan gap miyamizga quyilgan
ota-onamga katta rahmat aytaman bu uchun...
ota-onalarga aytadiganim ham shu:
kamroq pul topsangiz ham, farzandlaringiz bilan bo'ling.
qancha milliarder bo'lmang, lekin farzandlarni tarbiyasida to'liq ishtirok etmasangiz, hammasi befoyda
umr o'tyapti!!!
farzandlar katta bo'lyapti
ular kimni kuzatyapti?
kimga taqlid qilyapti?
nima maqsadlari bor?
kimlar bilan vaqt sarflayapti?
#thoughts
@asadbeksmultilevel