Erkaklar uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlardan arizalarni qabul qilish rasman yakunlandi.
Ariza topshirgan barcha nomzodlarga bildirilgan ishonch va qiziqish uchun minnatdorlik bildiramiz!
Yaqin kunlarda dastlabki o‘rganishdan o‘tgan nomzodlar bilan saralash tadbirlari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Saralash jarayoniga oid qo‘shimcha ma'lumotlar belgilangan tartibda yetkaziladi.
Eslatma: Xotin-qizlar uchun vakant harbiy lavozimlarga nomzodlardan arizalarni qabul qilish 20-iyulga qadar davom etadi.