Men “har bir ayol albatta o’qishi, ishlashi yoki karyera qilishi shart” degan qarashga qo’shilmayman.
Hozir shunday muhit shakllanganki, go’yo ayol o’qimasa yoki ishlamasa, rivojlanmayotgandek taassurot beriladi. Aslida esa har kimning qobiliyati, mas’uliyati va tanlagan yo’li boshqacha.
Kimdir zarur diniy va dunyoviy bilimni olib, oila bekasi bo’lib oilasini obod qiladi, farzand tarbiyasiga umrini bag’ishlaydi. Kimdir ilm bilan shug’ullanadi, dars beradi, kitob yozadi. Yana kimdir bizneswoman o’laroq kasb egallab, ishlab, jamiyatga o’z hissasini qo’shadi.
Bu yo’llarning birortasi o’z-o’zidan ikkinchisidan ustun emas. Shuningdek, ulardan birini tanlagan ayolni “dangasa”, “orqada qolgan” yoki aksincha “oilasiga e’tibor bermaydi” deb hukm qilish ham to’g’ri emas.
Har bir yo’lning o’z mas’uliyati bor. Bir yo’lni tanlagan insondan boshqa yo’lning natijalarini kutish adolat emas.
Eng muhimi tanlangan yo’lni ixlos, mas’uliyat va taqvo bilan bosib o’tish. Solih farzand ham, jamiyatga foydali inson ham turli yo’llardan yetishib chiqishi mumkin. Aynan shu turdagisi farzand tarbiyalay oladi deb baholamaslik kerak.
Muammo ayolning qaysi yo’lni tanlaganida emas, balki tanlagan yo’lini qanday o’tayotganidadir.
@Havro_sahifasi dan olindi