Manus + Meta connector targetologlarni o'rnini egallaydimi?
Bugun shu mavzuga qiziqdim va o'rganishni boshladim.
Rostdan ham manus'da o'zingizni facebook akkauntingizni ulab, hamma reklama akkauntlaringizga "доступ" ochib bersangiz bo'lar ekan.
U sizni xohlagan reklama akkauntingizga kirib reklamalaringiz samaradorligini o'lchab, nima yaxshi ishlayapti, qayerda nimani to'g'irlash kerakligini aytib berar ekan.
Hisobotlarni juda tez jadval shakliga keltirib beryapti.
Meta Marketing API ni ulash orqali reklamalarni sozlash, reklamalarga o'zgartirish kiritish xususiyatlari ham ochilar ekan.
Lekin hali buni o'zim qilib ko'rmadim.
Bir videoda ko'rdim, prompt berilgandan keyin, manus ni o'zi brauzerda yangi sahifa ochib, amazondan eng narxiga arziydigan kofeni tanlab, savatga solib berdi.
Endi targetologlar copy yozish, voronkalar, umumiy marketing va biznes bo'yicha bilimlarini oshirishlari shart.
Shunchaki, reklama sozlab beradigan targetologlar ishlaridan ayrilib qolishlari mumkin.