Dizaynning asl mohiyati — qulaylashtirish.
Bizning bozorda ko‘pincha dizaynerdan vizualga boy, “vau” effektli ish kutiladi. “E’tiborni tortsin, odam ko‘rib mazza qilsin”, deyishadi.
Albatta, dizayn e’tiborni jalb qilishi kerak. Lekin buning uchun uni ortiqcha ranglar, effektlar va detallar bilan murakkablashtirish shart emas.
Agar odam dizayndagi asosiy fikrni tushunmasa, matnni o‘qiy olmasa yoki qayerga qarashni bilmay qolsa, dizayn qanchalik chiroyli bo‘lmasin, o‘z vazifasini bajarmagan bo‘ladi.
To‘g‘risi, oxirgi paytlarda o‘zimda ham shunday holatlar bo‘lyapti. Ba’zan to‘g‘ri yechim boshqacha ekanini bilsam ham, mijoz aytgandek tayyorlab berishga majbur bo‘lyapman.
Chiroyli ko‘rinish muhim, lekin u qulaylik va tushunarlilikka xalaqit bermasligi kerak.
Dizaynning kuchi undagi effektlar sonida emas, muammoni qanchalik oson hal qilishida.










