volunteers #alKhwarizmiVolunteers #meeting #atmosphere #experiences… — Al-Xorazmiy Volontyorlari — TG.ME

#volunteers #alKhwarizmiVolunteers #meeting #atmosphere #experiences

💡Shirin Abidova bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan iliq taassurotlar

10-dekabr kuni O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi rahbari — Shirin Abidova bilan navbatdagi trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir samimiy va ochiq muloqot ruhida tashkil etilib, ishtirokchilarga volontyorlik faoliyati bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

🔤Ushbu interaktiv trening davomida o‘quvchilar nafaqat o‘z savollariga javob oldilar, balki volontyorlikning asl mohiyatini chuqurroq his qildilar. Trening jarayonida ishtirokchilar turli vaziyatlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi, real misollar orqali volontyorlikning kundalik hayotdagi o‘rni haqida bahs-munozaralar olib borildi.

⏺Shirin Abidova tadbir davomida o‘z tajribasi, kuzatuvlari va amaliy tavsiyalarini ulashdi. Erkin atmosfera har bir ishtirokchiga bemalol savol berish, fikr bildirish va o‘z qarashlarini ochiq bayon etish imkonini yaratdi. Shuningdek, trening davomida kichik guruhlar bilan ishlash, vaziyatli topshiriqlarni yechish kabi interaktiv elementlar ham qo‘llandi.

⏺Tadbir yakunida ishtirokchilar volontyorlik faoliyati bo‘yicha yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishdi va ushbu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Telegram | Instagram
❤7⚡3❤‍🔥3🥰3🔥2🕊2
December 12, 2025 1.7K 4