Jamoamizga mas’uliyatli, fidoyi va tashabbuskor yoshlarni jalb etish maqsadida "Al-Xorazmiy Volontyorlari" qabul jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Qabul jarayoni ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki bosqichda o'quvchilar ariza shaklida o‘z qiziqishlari, volontyorlik tajribasi va jamoaga qo‘sha oladigan hissasi haqida savollarga javob berishdi. Ariza topshirganlar o'rtasida munosiblarni tanlab olish uchun yetakchilik qobiliyati, fidoyilik, tashabbuskorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari asosiy mezon sifatida baholandi.
Ushbu bosqichda ariza topshirgan va birinchi bosqichdan muvaxffaqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilar bilan individual suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning motivatsiyasi, muammolarni hal qilish qobiliyati, kommunikatsiya ko‘nikmalari va jamoaviy muhitga moslashuvchanligi baholandi.
Qabul jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz! Yangi a’zolarimizni tabriklaymiz va ularning faoliyatida omad tilab qolamiz!
➖
С целью привлечения ответственных, преданных делу и инициативны молодых людей приём в "Волонтёры Ал-Хорезми" успешно завершился. Отбор проходил в два этапа.
На первом этапе в анкете каждый участник рассказал о своих интересах, волонтёрском опыте и вкладе, который он может внести в команду. Основными критериями оценки были лидерские качества, преданность делу, инициативность и навыки командной работы.
Все подавшие заявку и успешно прошедшими первый этап были приглашены на собеседование. В ходе интервью оценивалась их мотивация, способность решать проблемы, коммуникативные навыки и адаптация в коллективе.
Теперь они будут активно участвовать в наших значимых проектах, организовывать мероприятия и вносить полезный вклад в общество.
Благодарим всех участников за проявленный интерес! Поздравляем новых членов команды и желаем им успехов в их деятельности!








