Al-Xorazmiy Volontyorlari: #282-post — TG.ME

#volunteers #alKhwarizmiVolunteers #alKhwarizmiTeam #application #meeting #results

📢 "Al-Xorazmiy Volontyorlari" QABUL JARAYONI YAKUNLANDI!

Jamoamizga mas’uliyatli, fidoyi va tashabbuskor yoshlarni jalb etish maqsadida "Al-Xorazmiy Volontyorlari" qabul jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Qabul jarayoni ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.

📌1-bosqich – ariza topshirish.
Dastlabki bosqichda o'quvchilar ariza shaklida o‘z qiziqishlari, volontyorlik tajribasi va jamoaga qo‘sha oladigan hissasi haqida savollarga javob berishdi. Ariza topshirganlar o'rtasida munosiblarni tanlab olish uchun yetakchilik qobiliyati, fidoyilik, tashabbuskorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari asosiy mezon sifatida baholandi.

📌2-bosqich – suhbat.
Ushbu bosqichda ariza topshirgan va birinchi bosqichdan muvaxffaqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilar bilan individual suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning motivatsiyasi, muammolarni hal qilish qobiliyati, kommunikatsiya ko‘nikmalari va jamoaviy muhitga moslashuvchanligi baholandi.

📢 Natijalarga ko‘ra, eng munosib nomzodlar "Al-Xorazmiy Volontyorlari" safiga qabul qilindi! Ular endilikda jamoamizning muhim loyihalarida qatnashishda, tadbirlarni tashkil qilishda va jamiyatimizga foydali hissa qo‘shishda faol ishtirok etishadi.

Qabul jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz! Yangi a’zolarimizni tabriklaymiz va ularning faoliyatida omad tilab qolamiz!
🚀



📢НАБОР В "ВОЛОНТЁРЫ АЛ-ХОРЕЗМИ" ЗАВЕРШЁН!

С целью привлечения ответственных, преданных делу и инициативны молодых людей приём в "Волонтёры Ал-Хорезми" успешно завершился. Отбор проходил в два этапа.

📌1-й этап – подача заявок.
На первом этапе в анкете каждый участник рассказал о своих интересах, волонтёрском опыте и вкладе, который он может внести в команду. Основными критериями оценки были лидерские качества, преданность делу, инициативность и навыки командной работы.

📌2-й этап – собеседование.
Все подавшие заявку и успешно прошедшими первый этап были приглашены на собеседование. В ходе интервью оценивалась их мотивация, способность решать проблемы, коммуникативные навыки и адаптация в коллективе.

📢 По итогам отбора, лучшие кандидаты были приняты в команду "Волонтёры Ал-Хорезми"!
Теперь они будут активно участвовать в наших значимых проектах, организовывать мероприятия и вносить полезный вклад в общество.

Благодарим всех участников за проявленный интерес! Поздравляем новых членов команды и желаем им успехов в их деятельности!
🚀

🚀Telegram |📷Instagram
❤10❤‍🔥7👍4🔥3
October 24, 2025 891 3