volunteers #alKhwarizmiVolunteers #opendoors 📸 Ming marta… — Al-Xorazmiy Volontyorlari — TG.ME

#volunteers #alKhwarizmiVolunteers #opendoors

📸 Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal!

📆 2025-yil 29-may kuni maktabimizda bo‘lib o‘tgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri mehmonlar uchun unutilmas taassurotlar bag‘ishladi. Tashrif buyurganlar maktab hayoti, ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bevosita tanishishdi.

📍 Maktab binosi bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiyalar, ko‘rgazmalar va taqdimotlar orqali maktabimizdagi zamonaviy ta’lim muhiti keng yoritildi.

⚡️ Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida esa volontyor o‘quvchilarimizning hissasi beqiyos bo‘ldi. Ular mehmonlarni iliq kutib olib, maktab bo‘ylab ekskursiyalarni tashkil etdilar hamda doimiy yordam ko‘rsatib, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishdi.

🎓 Ochiq eshiklar kuni nafaqat maktabimiz imkoniyatlarini namoyon etdi, balki o‘quvchilarimizning ijtimoiy faolligi va tashkilotchilik ko‘nikmalarini ham yorqin ifodaladi.

➖

📸 Лучше один раз увидеть, чем тысячу раз услышать!

📆 29 мая 2025 года в нашей школе прошёл незабываемый день открытых дверей — «День открытых дверей», который подарил гостям множество ярких впечатлений. Посетители смогли лично познакомиться с жизнью школы, образовательным процессом и условиями, созданными для учеников.

📍 Благодаря организованным экскурсиям, презентациям и выставкам гости получили полное представление о современной образовательной среде нашей школы.

⚡️ Особая благодарность — нашим волонтёрам, чей вклад в успешное проведение мероприятия был неоценим. Они тепло встречали гостей, проводили экскурсии по зданию школы и оказывали постоянную помощь на протяжении всего дня.

🎓 День открытых дверей стал не только возможностью показать потенциал школы, но и ярким примером социальной активности и организаторских навыков наших учеников.

🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Website
⚡7❤‍🔥2🔥2👏1
June 3, 2025 1.4K 6 5