Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika Olimpiadasi davom etmoqda!
6-may kuni har bir viloyat va xorijiy davlatlardan kelgan ishtirokchilar tantanali tarzda kutib olindi. «Al-Xorazmiy Volontyorlari» ularni iliq qarshi olib, oldindan tayyorlangan xonalarga joylashtirdi.
Tushlikdan so‘ng volontyorlar o‘z jamoalarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab tanishtiruv sayohatiga olib chiqishdi. Bu sayohat ishtirokchilarga maktab muhitini his qilish va yaqinroq tanishish imkonini berdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa volontyorlar olimpiada ishtirokchilari bilan "board games" (stol o‘yinlari) tashkil etilib, ishtirokchilar orasida do‘stona muhit hosil qilindi va yangi do‘stlar orttirildi.
Ertasi kuni olimpiada rasmiy ochilish marosimi bilan boshlandi. Tadbirda ishtirokchilar, tashkilotchilar va volontyorlar rasmiy chiqishlar, madaniy dasturlar va iliq tilaklardan bahramand bo‘lishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar uchun Toshkent bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Ishtirokchilar Milliy bog‘ va Xotira maydoniga tashrif buyurib, poytaxtimizning madaniy va tarixiy manzaralari bilan tanishishdi.
Международная олимпиада по математике и информатике имени аль-Хорезми продолжается!
6 мая участники из всех регионов и зарубежных стран были торжественно встречены и размещены в подготовленные комнаты. Волонтёры Аль-Хорезми с теплотой приняли гостей и помогли им освоиться.
После обеда команды вместе с ответственными волонтёрами отправились на экскурсию по специализированной школе имени аль-Хорезми. Знакомство со школой дало участникам представление об образовательной атмосфере и ценностях мероприятия.
Вечером волонтёры сыграли настольные игры с участникам олимпиады, которые сблизили участников и помогли завязать новые дружбы.
На следующий день состоялась торжественная церемония открытия олимпиады. Гости насладились выступлениями, речами организаторов и праздничным настроением.
После церемонии участники отправились на экскурсию по Ташкенту, где посетили Национальный парк и Площадь памяти — знаковые места, отражающие дух и историю столицы.