“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi “Milliy tanlov”ning “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasi g‘oliblari malaka oshirish dasturini yakunladilar
Dastur davomida ishtirokchilar Xitoyning Shenchjen shahrida ilg‘or ta’lim tizimi bilan tanishib, zamonaviy maktab va oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurdilar;
Huawei va ZTE Corporation kompaniyalarining bosh ofislari hamda inno-markazlarida SI, telekommunikatsiya, bulutli texnologiyalar, Smart Manufacturing va raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar;
Xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish orqali ta’limda SIdan foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. Ma'lumot uchun: Malaka oshirish dasturi 25-iyuldan 1-avgust kuniga qadar davom etdi.
Siz ham keyingi yilda g'oliblar qatorida bo'lishni istasangiz, hozirdan – aileaders.uz saytida sun'iy intellekt va ITga oid kurslarni o'rganib, loyihada faol bo'ling!