🇰🇷 KOREYA TALABA VIZASI QOIDALARI O‘ZGARMOQDA!
Koreya Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy talabalar uchun viza tizimini isloh qilish rejasini rasman e’lon qildi. O‘zgarishlar shu yil oxiridan bosqichma-bosqich, asosiylari esa 2027–2028-yillarda kuchga kiradi.
📌 Siz uchun eng muhimlari:
1️⃣ Koreys tili — endi asosiy mezon
TOPIK 4 (yoki KIIP 4-bosqich) bo‘lsa — moliyaviy (bank) hujjatlar talab qilinmaydi. Koreys tili zaif talabalar uchun esa “o‘qish xarajatlari depoziti” joriy etiladi: o‘qish xarajatlarini oldindan hisobga qo‘yish kerak bo‘ladi (Germaniya va Kanadadagi kabi).
2️⃣ Part-time ish — faqat koreys tili bilan
2028-yildan koreys tili sertifikati (masalan, KIIP 3-bosqich) bo‘lmasa, part-time ishlashga ruxsat berilmaydi.
3️⃣ “Faqat ishlash uchun” yo‘nalishlarga chek
Onlayn, kechki va dam olish kunlari dasturlari hamda bitta davlat talabalari bilan to‘lib ketgan ingliz treklari 2027-yildan viza imtiyozidan mahrum qilinadi. Endi universitet va yo‘nalishni to‘g‘ri tanlash juda muhim!
4️⃣ Bitirgandan keyin (D-10)
Koreys tili talabiga javob bermasangiz, ish qidirish vizasi 3 yil emas, maksimal 2 yil beriladi.
5️⃣ Agentliklar ham tekshiriladi
Koreya o‘quv agentliklarini(consultinglarni) ro‘yxatga olish tizimini joriy etadi. Soxta hujjat tayyorlaydigan va noto‘g‘ri ma’lumot beradigan agentliklar nazoratga olinadi, qabul xatida esa agentlik ma’lumoti majburiy ko‘rsatiladi.
✨ Yaxshi yangiliklar ham bor:
✅ Koreyada o‘qib bitirganlarga 3, 5 va 10 yillik ko‘p martalik viza
✅ STEM bitiruvchilariga E-7 (malakali mutaxassis) vizasiga o‘tish imkoni
✅ Hududiy universitet bitiruvchilariga qo‘shimcha imtiyozlar
⏳ Nega aynan BAHORGI SEMESTR?
Talablar yildan-yilga qattiqlashib bormoqda. 2027-yil mart semestri — yangi qoidalar to‘liq kuchga kirishidan oldingi eng qulay imkoniyat:
- Hujjatlarni hozirgi talablar asosida topshirasiz
- 2028-yilgacha koreys tilingizni oshirib, part-time va D-10 talablariga tayyor bo‘lib olasiz
- Kuzgi semestrni kutsangiz, yangi va qattiqroq talablarga duch kelish xavfi bor
🏆 Nega Bright Future?
- 2 250 dan ortiq talabaga Koreya vizasini olishda yordam berganmiz
- Universitet va yo‘nalishni yangi qoidalarni hisobga olib tanlab beramiz
- Hujjatlar to‘liq, to‘g‘ri va shaffof tayyorlanadi
- Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Seulda ofislarimiz bor
🔥 Bahorgi semestrga joylar cheklangan — kechikmang! Bugunoq konsultatsiyaga yoziling 👉 @viza_qilamiz
📄 Manba: Koreya Respublikasi Adliya vazirligi — xorijiy talabalar viza tizimini takomillashtirish bo‘yicha rasmiy savol-javoblar.