AVEZOV's blog | Uzbekistan: post #646 — TG.ME

🎓 Bugun yana bir muhim uchrashuvda ishtirok etdik

Bugun TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan IFP dasturining mazmun-mohiyati va imkoniyatlari haqida suhbatlashdik.

Uchrashuv davomida dastur bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalarni qiziqtirgan ko‘plab savollar muhokama qilindi. Ayniqsa, IFP dasturining kelajakdagi ta’lim va kasbiy imkoniyatlar uchun beradigan afzalliklari katta qiziqish uyg‘otdi.

💬Menimcha, bunday uchrashuvlarning eng muhim jihati — o‘quvchi va ota-onalarga shunchaki ma’lumot berish emas, balki to‘g‘ri tanlov qilishlari uchun aniq tushuncha va yo‘nalish berish.

📚 Ta’limda yangi imkoniyatlarni tushuntirishdan ko‘ra, ularni to‘g‘ri anglatish muhim.

🔹@ads_leader
👍7❤‍🔥1👏1
September 15, 2026 82