2027-YIL UCHUN DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL… — Adpi.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

2027-YIL UCHUN DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL KVOTALARI TASDIQLANDI

Andijon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalari belgilandi.

Tasdiqlangan kvotalarga ko‘ra, institutga jami 26 ta o‘rin, jumladan:
🔹 Doktorantura (DSc) — 3 ta;
🔹 Tayanch doktorantura (PhD) — 21 ta;
🔹 Stajyor-tadqiqotchilik — 2 ta o‘rin ajratilgan.

Qabul bioorganik kimyo, umumiy genetika, O‘zbekiston tarixi, etnografiya, etnologiya va antropologiya, ijtimoiy falsafa, o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar va adabiyoti, pedagogika, ta’lim va tarbiya metodikasi, jismoniy tarbiya va sport, maktabgacha ta’lim, ijtimoiy pedagogika hamda psixologiya yo‘nalishlariga oid qator ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi.

📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar hujjatlarini Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda topshirishlari mumkin.

Talabgorlarni baholashda mutaxassislik fanini bilish darajasi, dissertatsiya tadqiqotining tayyorlik holati, ilmiy nashrlar va tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, mavzuning dolzarbligi hamda savollarga professional va aniq javob berish kabi mezonlar inobatga olinadi.

🎓 Ilm-fan yo‘lini tanlagan, yangi ilmiy izlanish va natijalar sari intilayotgan barcha talabgorlarni Andijon davlat pedagogika institutida ilmiy faoliyat olib borishga chorlaymiz!

Batafsil: https://adpi.uz/news/news-detail?id=3098&lang=uz

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube
❤4
September 2, 2026 2.9K 18