Qizlar — jamiyatimizning bebaho boyligi, ilm-ma’rifat, ezgulik va taraqqiyot sari intilayotgan kelajagimiz bunyodkorlaridir!
🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan.
Mazkur sana dunyo miqyosida qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish muhimligini yana bir bor eslatadi.
💐 Bugun qizlarimiz ilm-fan, ta’lim, innovatsiya, sport, san’at va boshqa ko‘plab sohalarda ulkan marralarni zabt etib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Andijon davlat pedagogika institutida ham talaba-qizlarning bilim olishi, ilmiy va ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zero, bugun bilimli, tashabbuskor va o‘ziga ishongan qiz — ertaga yetuk mutaxassis, fidoyi pedagog va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetakchidir!
✨ Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi barcha qizlarimizni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!
Aziz qizlar! Orzularingiz ulkan, maqsadlaringiz yuksak, ilm va muvaffaqiyat sari yo‘lingiz doimo yorug‘ bo‘lsin!
🌷 Xalqaro qizlar kuni muborak bo‘lsin!


















