📢 HURMATLI OTA-ONALAR!
Sizlardan farzandlaringizning dars jadvaliga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
🕣 Maktabimizda darslar 08:30 dan 17:00 gacha davom etadi. Shu sababli farzandlaringizni o‘z vaqtida olib kelishingiz va belgilangan vaqtda — 17:00 dan keyin olib ketishingizni so‘raymiz.
❗️Ayrim ota-onalar farzandlarini 15:00 yoki 16:00 da olib ketish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa bolaning ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
🎓 Siz farzandingizni sifatli va mukammal ta’lim olishi uchun xususiy maktabga bergansiz. Shuning uchun farzandingiz har bir darsda to‘liq va muntazam ishtirok etishi juda muhim.
📚 Biror darsni qoldirish natijasida bola mavzularning bir qismini o‘zlashtirmay qolishi, natijada esa guruhdoshlaridan ortda qolishi mumkin.
🙏 Farzandingizning kelajagi va ta’lim sifati uchun dars jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishingizni hamda belgilangan vaqtga amal qilishingizni so‘raymiz.
Hamkorligingiz va tushunishingiz uchun rahmat! 🌟

























