Va'da ber
Seni yor demoqqa yetmas jur'atim
Soʻngi bor soʻzlagin ozroq dalda ber
Agarki yoningda boʻlsa xurmatim
Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber
Yoʻllaring kutaman sendan darak yoʻq
Senda yurak yoʻqmi menda yurak yoʻq
Dunyoda sendayin goʻzal malak yoʻq
Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber
Yigʻlamagin yetar koʻz yosh toʻkkaning
Armonlar qa'riga tubsiz choʻkkaning
Faqat suratlarda boʻlmas kulganing
Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber
Koʻngillar muzlagan muzlagan hislar
Foydasiz nadomat nada afsuslar
Endi muhabbatdan soʻzlamas koʻzlar
Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber
Yuragim yur deydi mayxonalarga
Nahot aylanganmiz begonalarga
Oʻxshab qolibmanku devonalarga
Baxtli boʻlaman deb menga vaʼda ber
✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
14
10
3
2October 30, 2025 1.7K 4 14