Ulugʻbek Saloh she'rlari: post #820 — TG.ME

Lolalar

Yomgʻir kabi yogʻar koʻzdan jolalar
Ilk sevgimdan qolgan menga nolalar
Dardimlarimni tushinganday bosh egib
Yuragimga oʻxshar qizil lolalar

Hayolimda bir qiz yashaydi hamon
Armon endi uning visoli armon
Sahar chogʻi boqqanimda bagʻri qon
Yuragimga oʻxshar qizil lolalar

Hasratlarim sigʻarmi tor koʻksimga
Nafratlarim qadalmoqda boʻgʻzimga
Takrorlayman shu gapni oʻz oʻzimga
Yuragimga oʻxshar qizil lolalar

Dardlarimga sherik osmonlar tinib
Shamollarda tebranib goh silkinib
U ham yashar orzularga talpinib
Yuragimga oʻxshar qizil lolalar

Ishqim guldek ochilgandi yoʻllarda
Lekin afsus qolib ketdi choʻllarda
Soʻnar goho goh ishonchsiz qoʻllarda
Yuragimga oʻxshar qizil lolalar


✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
❤22👍6
March 8, 2026 1.9K 2 16