Musofirdamiz
Choʻntakda borini sarfladik toʻyga
Qarz yopib kelay deb musofirdamiz
Avvalchi non olib kelgan shu uyga
Non topib kelay deb musofirdamiz
Qoʻl qadoq yorilgan qora mehnatda
Mayli shu yozilgan ekan qismatda
Farzandlar ulgʻayib boʻlguncha katta
Bir borib kelay deb musofirdamiz
Manzilsiz yoʻllarning yoʻqdek adogʻi
Taqvimlar almashar kunlar sanogʻi
Boʻyinga ilingan roʻzgʻor sirtmogʻi
Men gʻolib kelay deb musofirdamiz
Qancha dardlar bilan kulamiz goho
Ba'zida mazmunsiz tuyular dunyo
Mashina degandek qizimga sarpo
Toʻy solib kelay deb musofirdamiz
Asli havas emas musofir boʻlmoq
Mudom oilamizdan xavotirdamiz
Oʻzimizdan ziyod oʻzimdan koʻproq
Baxt olib kelay deb musofirdamiz
✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
🎤🎤🎤Ravshan Boboyevga qoʻshiq uchun berildi
18
6
3
3October 28, 2025 1.7K 5 24