Men nega nolishim kerak aslida?
Muhimi koʻzlarim koʻrib turibdi
Muhimi yuragim urib turibdi
Ishlarim yurishmay yurib turibdi
Men nega nolishim kerak aslida?
Onam bor duosi har yerda sherik
Otamning davrida yuribman tetik
Biri kam dunyodan izlab kamchilik
Men nega nolishim kerak aslida?
Hozirku ozgina choʻntagimiz boʻsh
Kunimiz oʻtyapti yemasakda goʻsht
Xudoyim ol qulim deganida xoʻsh
Men nega nolishim kerak aslida?
Gʻanimlar bisyordir xanjarlari qon
Itidan ham battar koʻrishar yomon
Mayli oʻz baxtiga boʻlishsin omon
Men nega nolishim kerak aslida?
Dunyoning ishi koʻp tashvishi talay
Amallab yuribmiz yashab har qalay
Umrimdan norizo boʻlayin qanday
Men nega nolishim kerak aslida?
Ulugʻbek sen qoʻrqma itoatda boʻl
Nafsinga ergashma ibodatda boʻl
Qanoat qilmoqlik Jannat sari yoʻl
Men nega nolishim kerak aslida?
✍️✍️✍️ Ulugʻbek Saloh
17
13
4
1August 29, 2025 2.5K 1 28