…..
U xonaga kirganida qo‘lidagi telefondan qattiq ushlab olgandi, xuddi u himoyachisidek. Ko‘nglida qo‘rquv emas, balki charchoq bor edi.
Psixolog unga asta tabassum qildi. Shu jimlikning o‘zida qochib ketgisi kelmadi.
— Nimadan boshlaymiz? — dedi psixolog yumshoq ohangda.
Shu payt u birdan his qildi: necha yillardan beri ilk marta kimdir uning javobini chin dildan kutyapti. Ajoyib tuyg’u edi bu u uchun. Ahir uni hech kim na holini so’rardi, na fikrini…
Qisqa sukutdan so‘ng psixolog :
— Siz doim boshqalarning fikrini eshitgansiz. Lekin bir marta bo‘lsa ham o‘zingizni tinglab ko‘rdingizmi?
Uning yuragi hapriqib ketdi. Yillar davomida u boshqalarga yoqishni o’ylab, boshqalarning talabiga moslashib yashadi. Ammo o‘z qalbini eshitmagan, hatto buni nimaligini tushunmagan.
Psixolog bilan suhbati 2 soat davom etdi, 1soat 50 daqiqa jim o’tirardi, faqat yonidagi “Psixolog” deb atalmish kasb egasini tinglardi, go’yoki uni zimdan kuzatardi. Nega men bu insonga o’zimni hayotimni va qalbimni tuyg’ularini aytib berishim kerak? degan savol bor edi.
Ohirgi 10 daqiqasida esa u: Menga nima maslahat berasiz ? deb so’radi.
— Hech nimani maslahat bermayman dedi psixolog. Ahir siz sukunatda o’zingizni qoldirishni tanladingizku…