🇺🇿 📚 BILIMLAR KUNI: YANGI O‘QUV YILI YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI
Yangiyo‘l shahrida 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan umumta’lim maktablarida “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirlar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya va shior ostida tashkil etildi.
Jumladan, shahardagi 7-sonli umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilar, ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari tayyorlagan kuy-qo‘shiq, raqs va badiiy chiqishlardan iborat madaniy dastur namoyish etildi. 1-sinfga qabul qilingan jajji o‘quvchilar uchun ushbu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Maktab , sinfdoshlar sog'inchi o'quvchilar yuz- ko'zlari, nigohlarida aks etib turishi bayram tadbirini yanada jonlantirdi. Yangiyo'l shahar MMTB



















