Shavkat Mirziyoyev Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yangi binosi va oʻquv-ilmiy faoliyati bilan tanishdi.
Akademiyada oliy taʼlimning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura yoʻlga qoʻyilgan. 2023/24-oʻquv yilidan mamlakatimizda ilk marotaba “Turli tizim – yagona yondashuv” tamoyili asosida bakalavriatning “Tergov faoliyati” va “Prokurorlik faoliyati” taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayonlari tashkil etildi.
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan “kiberprokuror” va “kibertergovchi”larni tayyorlash uchun kelgusi yildan boshlab “Kiberhuquq” bakalavriat yoʻnalishi tashkil etiladi.
Magistraturada “Tergov faoliyati”, “Prokurorlik faoliyati” shuningdek, milliy taʼlim tizimida yagona boʻlgan “Korrupsiyaga qarshi kurash faoliyati”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab, “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Forwarded fromXushnudbek.uz
6
1December 16, 2025 1K 4


