Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari va TTJdagi… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦

Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish ishlari va TTJdagi sharoitlar bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar hamrohligida universitet hududida barpo etilayotgan yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida yangi TTJ binosida olib borilayotgan qurilish ishlari, obyektning bugungi holati hamda kelgusida talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan tanishildi. Rektor mas’ullarga qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi, shuningdek, yangi o‘quv yilida talabalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-son talabalar turar joyi ham ko‘zdan kechirildi.

Rektor TTJda istiqomat qilayotgan birinchi bosqich talabalari bilan samimiy suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalarning yangi o‘quv muhiti va talabalar turar joyidagi sharoitlarga moslashish jarayoni, duch kelayotgan qiyinchiliklari, o‘qishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari bilan qiziqdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Rektor yoshlarning universitet hayotiga tez va qulay moslashishi, ta’lim olishi hamda yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladi.

Tashrif davomida talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, yashash xonalari va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar ham ko‘zdan kechirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤16🔥3👍2🎉1
September 8, 2026 2.9K 5 12