📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida fakultetimizga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda fakultet dekani Azzamov Yusufjon Radjaboy o‘g‘li, fakultet dekan muovinlari hamda fakultetning yangi talabalari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida talabalarga universitet va fakultetning ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari, talabalik davridan unumli foydalanish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish, xorijiy tillarni puxta egallash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etish borasida muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarning universitetdagi ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim va tarbiya tizimi, fakultetda amalga oshirilayotgan loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida 1-bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fakultet rahbariyati tomonidan ularga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ochiq va samimiy muloqot yangi talabalar uchun universitet hayotiga moslashish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish hamda talabalik davrini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌱 Aziz 1-bosqich talabalari! Sizlarni talabalik hayotingizning ilk qadamlari bilan muborakbod etamiz! Yangi o‘quv yili sizlar uchun ulkan imkoniyatlar, yangi bilimlar, yorqin yutuqlar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lishini tilaymiz!
Ingliz tili birinchi fakulteti — bilim, izlanish va yangi imkoniyatlar maskani! 🇺🇿📖✨
https://t.me/first_faculty_official
https://t.me/UzSWLU
12
3
2
1September 8, 2026 3.1K 16





