1-kurs talabalari uchun universitet hayotining ilk haftalari — yangi muhit, yangi tanishuvlar, yangi mas’uliyat va yangi imkoniyatlar davri.
Talabalarning ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, guruhda sog‘lom psixologik muhit yaratish va o‘zaro muloqotni rivojlantirish maqsadida IPMBIB psixologi Sh. Boʻstonova hamda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z. Nazarova boshchiligida ochiq osmon ostida psixologik seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar:
🔹 bir-birlari bilan yaqindan tanishdilar;
🔹 jamoaviy hamkorlik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
🔹 o‘z fikr va his-tuyg‘ularini erkin ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar;
🔹 yangi muhitga moslashish bilan bog‘liq kechinmalarini angladilar;
🔹 o‘zlariga bo‘lgan ishonch va ijobiy munosabatni mustahkamladilar.
Ayniqsa, “Bir qadam oldinga” kabi interaktiv mashg‘ulotlar orqali talabalar bir-biridan farqli bo‘lishiga qaramay, ularni birlashtiradigan umumiy maqsad va kechinmalar ko‘pligini his qildilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt




