BIRINCHI KURS TALABALARI PSIXOLOGIK XIZMAT IMKONIYATLARI BILAN… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

BIRINCHI KURS TALABALARI PSIXOLOGIK XIZMAT IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRILDI

Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Birinchi kurs maktabi» doirasida Birinchi ingliz tili fakultetining birinchi kurs talabalari uchun tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Birinchi ingliz tili fakulteti tyutori M.G. Kenjayeva hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarga universitet psixologik xizmatining asosiy yo‘nalishlari, murojaat qilish tartibi, psixologik maslahat olish va individual suhbatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, psixologik xizmat faoliyatida maxfiylik tamoyili, murojaat qiluvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, shuningdek, maxfiylikning qonuniy va kasbiy chegaralari tushuntirildi.

Talabalarga yangi o‘quv muhitiga moslashish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik qiyinchiliklarni yengib o‘tish, stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish hamda zarur hollarda psixologik yordamdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida universitet psixologik xizmati talabalarning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash, ularni tinglash va zarur psixologik ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgani alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤19🔥3
September 8, 2026 4.4K 14