O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦

O‘zDJTU Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, yangi o‘quv yilini boshlagan yoshlarni samimiy tabrikladi. Rektor o‘z nutqida talabalik davridan unumli foydalanish, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Marosimda Tarjimonlik fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi. Fakultet faoliyati, ta’lim jarayoni, yangi o‘quv yilidagi vazifalar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilining ilk kunida talabalar uchun “Kelajak soati”ning 1-mavzusi — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida dars tashkil etildi.

Dars davomida talabalar universitetning o‘quv xonalari, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga universitet hayoti, ichki tartib-qoidalar, ta’lim olish imkoniyatlari hamda talabalik davridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, dars jarayonida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarni vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤17👍3
September 7, 2026 3.9K 24