📚 Birinchi kurs talabalari Axborot-resurs markazi bilan tanishmoqda!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Axborot-resurs markaziga 1-kurs talabalarining maxsus tanishuv tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida yoshlarimiz markazda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy kitoblar fondi hamda qulay o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.
Mas'ul xodimlar tomonidan talabalarga quyidagilar haqida batafsil ma'lumot berildi:
🔹 Axborot-resursga markaziga a'zo bo‘lish va undan foydalanish qoidalari;
🔹 Zamonaviy sensorli ekranlar orqali elektron katalogdan kerakli adabiyotlarni tez va oson qidirib topish tizimi;
🔹 Raqamlashtirilgan o‘quv resurslari va xalqaro elektron bazalardan foydalanish imkoniyatlari.
Universitetimiz ostonasiga ilk qadam qo‘ygan barcha 1-kurs talabalariga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilm yo‘lidagi izlanishlaringizda Axborot-resurs markazi sizning eng yaqin ko‘makchingiz bo‘lishiga ishonamiz. ✨
📍 O‘zDJTU Axborot-resurs markazi #O_zDJTU #ARM #
Forwarded fromAxborot Resurs Markazi💡 | Информационно ресурсный центр
21
1
1September 7, 2026 3.9K 1 7



