ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI O‘zbekiston davlat jahon tillari… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎙“ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–5 nafardan iborat jamoa shaklida.

🎶 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta qo‘shiq ijro etadi;
• qo‘shiq jonli ijro (live) tarzida ijro etilishi shart;
• chiqish konsert yoki sahna ko‘rinishida taqdim etiladi.

📌Qo‘shiq mavzulari:
Vatan va vatanparvarlik;
milliy qadriyatlar va an’analar;
umumxalq bayramlari;
yoshlar va talabalar hayoti.

🏆 Baholash mezonlari:
• ovoz imkoniyatlari va diapazoni;
• ijro mahorati;
• sahna madaniyati;
• musiqiy asarning mazmundorligi;
• ijodiy yondashuv va artistizm.

🪙 MUKOFOTLAR

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.

📅 Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish

🎵 Iste’dodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Telegraph
Universitet talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovini o‘tkazish
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2026-yil 18-martdagi 88/11-08-son buyrugʻiga 10-ilova I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026 yil 2 martdagi 77-sonli buyrug‘i…
❤10🔥2
September 7, 2026 6.5K 3 48