KEYINGI UNUTILMAS XOTIRA AYNAN SIZNIKI BO‘LISHI MUMKIN! Turli… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

KEYINGI UNUTILMAS XOTIRA AYNAN SIZNIKI BO‘LISHI MUMKIN!

Turli mamlakatlardan bo‘lgan talabalar bilan tanishish, yangi do‘stlar orttirish, o‘z madaniyatingiz va g‘oyalaringizni dunyo bilan baham ko‘rish istagidamisiz?

Unda xalqaro tanlovlarda o‘z kuchingizni sinab ko‘ring!

🎯 Silk-Road Universities Network (SUN) talabalari uchun ikkita xalqaro tanlov e’lon qilindi:

📸 PHOCOS 2025–2026 — 9-Xalqaro foto tanlovi

Mavzu: “Buyuk Ipak yo‘llari ta’mi”

Tanlov uchun Ipak yo‘li xalqlarining taomlari, dasturxoni, urf-odatlari, madaniyati, insonlari yoki kundalik hayotini aks ettiruvchi bitta foto taqdim etish mumkin.

📝 WRICOS 2025–2026 — 8-Yozuv tanlovi

Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlashlari mumkin:

✍️She’r: “Ipak yo‘llari ovozlari: madaniyatlarni bog‘lash”

📖 Esse: “Zamonaviy sivilizatsiya barqarorligiga tahdid solayotgan eng muhim muammo nima?”

G‘oliblarni qanday imkoniyatlar kutmoqda?

Eng yaxshi ijodiy ishlar turli tillarga tarjima qilinib, elektron kitob shaklida nashr etilishi hamda SUN rasmiy veb-saytida joylashtirilishi mumkin.

Grand Prize g‘oliblari esa 2026-yilda Jazoirda bo‘lib o‘tadigan SUN 11-Bosh Assambleyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. G‘oliblarning aviachipta, mehmonxona, ovqatlanish hamda rasmiy madaniy sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. ✈️🌍

📅 Muhim sanalar:

📸 PHOCOS — 31-avgust 2026-yilgacha

✏️ WRICOS — 7-sentabr 2026-yilgacha

🌍 O‘z suratingiz, o‘z so‘zlaringiz va o‘z g‘oyalaringiz bilan xalqaro maydonga chiqing!

Balki keyingi unutilmas hikoya aynan sizniki bo‘lar!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
TalkFile_WRICOS 2026 Poster.pdf.pdf511.4 KB · PDF
2❤23🔥7👍3
August 29, 2026 5.3K 9 53