Ispaniyaning Oruela shahrida joylashgan Kasbiy ta'lim markazi rahbari Victoria Hernandez hamda Yevropaning Erasmus dasturi koordinatori Javier Galiana O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti binosida joylashgan Tele va ovoz yozish studiyalari faoliyati bilan tanishishdi. Mehmonlarga Universitetda jurnalist talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida Universitet matbuot xizmati rahbari Otabek Ibragimov atroflicha ma'lumot berdi.
Shundan so'ng, Media va kommunikatsiya kafedrasi o'qituvchilari A'zam Dadaxonov hamda Saodat Saidnazarova Zamonaviy media makonidagi dolzarb muammolarga bag'ishlangan seminar-trening olib borishdi.
Kafedra mudiri, f.f.d., professor Dilfuza Teshabayeva boshchiligida bo'lib o'tgan tadbir har ikki mamlakat mutaxassislarining o'zaro tajriba almashishi, kelajakdagi hamkorlik masalalari muhokamasi uchun manfaatli imkoniyat yaratdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt











