XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAN TDIUGA O‘QISHINI KO‘CHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari bo‘yicha
o‘tish bali va undan yuqori ball (talab bajarildi) to‘plagan talabgorlar tegishliligi bo‘yicha joriy yilning 10-11-sentabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2-o‘quv binosi, 1-etaj, Registrator ofisi)ga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
— pasport yoki ID karta asli va nusxasi (2 ta nusxa);
— belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript tasdiqlangan nusxasi (to‘liq varianti) (2 ta nusxa);
— my.uzbmb.uz orqali shaxsiy profilida ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn ariza (screenshot) nusxasi (2 ta nusxa);
— test sinovlari uchun talabgor Bilim va malakalarni baholash agentligi ruxsatnomasi (2 ta nusxa);
— imtihon natijasi (test javoblari varaqasi) nusxasi (2 ta nusxa).
Navbat kutib qolishning oldini olish hamda o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida universitetga tashrif buyurishda quyidagi sanalarga qat’iy amal qilishingiz va o‘zingizga tegishli sanada kelishingiz so‘raladi:
Izoh: Mazkur e’lon xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chirgan talabgorlarga tegishli.

