O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar… — UE_Transfer — TG.ME

O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

🧑‍🎓 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi tasdiqlangan talabgorlar to‘lovni 8-avgust, soat 17:00 gacha amalga oshirishi lozim.

💻 Barcha talabgorlarga shaxsiy kabinetlarini muntazam tekshirib borish tavsiya etiladi: my.uzbmb.uz

❗️ Eslatma: Yangi ariza topshirish yoki mavjud arizani tahrirlash imkoniyati mavjud emas.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2👏1
August 8, 2025 959 7