Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida professor-o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish, “ustoz-shogird” tizimini samarali tashkil etish va uni shaxsiy ish rejasida to‘g‘ri aks ettirishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Shuningdek, talabalar bilan individual ishlash, o‘zlashtirishi past va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tanlov va olimpiadalarga tayyorlash, ilmiy-ijodiy hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida amaliy misollar keltirilib, professor-o‘qituvchilarning savollariga javoblar berildi.








