Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik yo‘lladi

Aziz farzandlarim!

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Hurmatli ota-onalar!

Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.

Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!


Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9571

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
❤3👍1
September 2, 2026 1.1K 1