🗣Ayni kunlarda my.gov.uz va elektron tizimlar orqali maktab yoshidagi bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha arizalar oqimi juda yuqori. Tizimga bir vaqtning o‘zida minglab foydalanuvchilar kirayotgani sababli yuklama yoki rad etish holatlari kuzatilishi mumkin.
🟡 Agar siz ham ushbu jarayonda qiyinchilikka duch kelayotgan bo‘lsangiz, asabiylashmang. my.gov.uz jamoasi arizangiz muvaffaqiyatli topshirilishi uchun quyidagi foydali tavsiyalarga amal qilishingizni so‘raydi:
🔵 1-QADAM:
🗄my.gov.uz portaliga OneID tizimi orqali kiring va “Bolani maktabga qabul qilish” xizmatini tanlang.
🗄Farzandga qarindoshlik darajangizni ko'rsating (“Ota-onasi” yoki “Vasiy”).
🗄Tizim 2026-yilda 7 yoshga to‘ladigan (2019-yilda tug‘ilgan) farzandlaringizni avtomatik chiqaradi. Kerakli bolani tanlasangiz, uning JShShIR ma’lumotlari o‘zi to‘ladi.
🗄Muddatlarga qarab maktabni tanlang:
⏺20-iyundan 31-avgustgacha: Faqat mikrohudud (yashash joyingizga biriktirilgan) bo‘yicha maktabni tanlash mumkin.
⏺1-avgustdan 31-avgustgacha: Qo‘shimcha bosqich — tuman doirasida istalgan bo‘sh joyi bor maktabni tanlash imkoniyati ochiladi.
🗄 Ma’lumotlarni tekshirib, “Keyingi” tugmasini bosing va arizani yuboring.
🔵
2-QADAM:
🗄
Arizangiz mas'ul tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilayotganda status
“Yuborildi”
bo‘lib turadi.
🗄
Ariza dastlabki bosqichdan o‘tgach, telefoningizga maktab direktori bilan uchrashuv vaqtini belgilash so‘ralgan SMS keladi. Shaxsiy kabinetda ariza statusi
“Qayta yuborildi”
holatiga o‘zgaradi.
🗄
Vaqtni belgilash uchun my.gov.uz dagi
“Mening arizalarim”
bo‘limiga kiring.
Maktab arizangiz ichiga o'tib, yuqori chap burchakdagi
“To‘ldirishni davom etish”
tugmasini bosing. O‘zingizga qulay bo‘lgan uchrashuv kuni va vaqtini tanlang.
🔵
3-QADAM:
🗄
Belgilangan vaqtda farzandingiz va uning hujjatlari (asli) bilan maktabga shaxsan boring.
🗄
Suhbat muvaffaqiyatli o‘tib, maktab rahbariyati arizangizni tasdiqlagach, my.gov.uzdagi shaxsiy kabinetingizda
maktabga qabul qilinganlik to‘g‘risida elektron ma’lumotnoma
shakllanadi.
☄️ Eslatib o'tamiz: Maktabga qabul jarayonlari uzoq davom etadi, barcha bolajonlarimiz maktabga joylashishga ulgurishadi. Shoshma-shosharlik va ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q.
👉 Arizani my.gov.uz orqali qulay tarzda yuboring: https://my.gov.uz/uz/service/797
@Huquqshunos_yordami
Savol yuborish uchun 👇👇
@Online_maslaxatchii



