milliy_sertifikat #yangilik BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI UCHUN… — Ta'lim va MEN — TG.ME

#milliy_sertifikat
#yangilik


BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM YANGILIK!

2026-yil 29-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 411-son qarori bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun yangi sertifikat tizimi joriy etildi.

📌2026/2027-o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahorati to‘g‘risida” sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin.

🎓 Sertifikat darajalari:
A+ | A | B+ | B | C+ | C

Sertifikatning amal qilish muddati — 3 yil.

✍️Boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi va boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega pedagoglar B+, A yoki A+ darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritsa, sertifikat amal qilgan davr mobaynida lavozim maoshiga har oy 15% qo‘shimcha ustama oladi.

📝 Imtihonda nimalar baholanadi?
Talabgorlarning:
➡️boshlang‘ich sinf fanlari bo‘yicha bilim darajasi;
➡️ o‘qitish metodikasi;
➡️ pedagogik mahorati baholanadi.

💬Imtihon topshiriqlarining fanlar tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori, baholash mezonlari va o‘tkazish muddatlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlanib, rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.

💳 Sertifikat imtihoni uchun to‘lov — BHMning 1,5 baravari.

Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalar a’zolari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun belgilangan to‘lovga 50% chegirma qo‘llaniladi.


🌐 Ariza YIDXP (my.gov.uz) orqali topshiriladi.

📊 Imtihon natijalari yakunlangandan so‘ng 21 ish kunidan kechiktirmay YIDXP orqali e’lon qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
❤1
August 24, 2026 154 1