SavollargaJavob ❓ Sertifikat olishda qanday imtiyozlar mavjud?… — Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar — TG.ME

#SavollargaJavob

❓ Sertifikat olishda qanday imtiyozlar mavjud?

Umumta'lim fanlari yoki chet tillaridan milliy sertifikatga ega bo‘lish talabgorning shaxsiy tashabbusi, xohish va istagi bilan amalga oshiriladi.

Sertifikat olishda talabgor uchun qandaydir imtiyoz mavjud emas. Biroq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yaxshi shart-sharoit, imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, sertifikat talabgorga ijtimoiy, iqtisodiy va ta'lim sohalarida bir qancha imtiyoz va katta imkoniyat yaratishi mumkin.

Milliy va xalqaro sertifikatlar beradigan imtiyozlari hamda ularni tan olish tartibi, sertifikatning turi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

Shu sababli sertifikat olish uchun harakat boshlashdan avval uning qaysi ta’lim jarayonida va qanday tartibda imtiyoz berishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy manbalardan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

📎 Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, sertifikatlarga oid imtiyozlar bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi.

✅️@Talim24uz
August 21, 2026 11.3K 3