SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga! Bilim va malakalarni… — Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar — TG.ME

📢 SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 22-avgust kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.

Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.

❗️ Shu munosabat bilan, quyida qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi:

Qurilmaga qo‘yiladigan talablar.

⚠️ Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.

⚠️ Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.

📍 Respublika bo'yicha SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉 MANZILLAR

Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz.

✅️@Talim24uz
August 20, 2026 12.3K 13