Rasman: O'qishni ko'chirish imtihonlari boshlanmoqda Xorijiy va… — Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar — TG.ME

⚡️Rasman: O'qishni ko'chirish imtihonlari boshlanmoqda

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligi standardlariga muvofiq, o'qishni ko'chirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun maxsus @BMB_testbot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 Ona tili;
👉 Matematika;
👉 O‘zbekiston tarixi.

👉 @BMB_testbot 👈
August 16, 2026 20.8K 32