#abituriyent
📥 Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda bugun, 15-avgustdan24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
🔰 Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
📄 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🪪 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
🗓️ Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.