🔰2026/2027-oʻquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Unga koʻra, joriy o'quv yilida kontrakt narxlari o'tgan yilgiga nisbatan 46 foizgacha oshirilgan.
✅ Jumladan, bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida yillik kontrakt 22 mln 496,7 ming soʻm etib belgilangan. Oʻtgan oʻquv yilida esa 16 mln 695 ming soʻm boʻlgan. Natijada kontrakt qariyb 35 foizga oshgan.
➖ Sirtqi taʼlimda kontrakt 21 mln 352,8 ming soʻmga, masofaviy taʼlimda esa 20 mln 208,9 ming soʻmga yetgan. Bu esa mos ravishda 43,6 va 45,8 foizga oshganini koʻrsatadi.
➖ Magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida kontrakt 24 mln 403,2 ming soʻm etib belgilanib, oʻtgan yilga nisbatan 31,3 foizga oshgan.
➖ Unga koʻra, bakalavriat taʼlim shakli uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt narxlari 269 mln 960 ming soʻm etib belgilangan.
➖ Xuddi shunday, magistratura bosqichining kunduzgi taʼlim shakli uchun tabaqalashtirilgan kontrakt 122 mln 16 ming soʻm va kechki taʼlim shakli uchun esa 97 mln 612,8 ming soʻm etib belgilangan.
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi





