Talabalar | Rasmiy kanali: post #6725 — TG.ME

⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin:

➡️25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha
➡️50% — 1-yanvargacha
➡️75% — 1-martgacha
➡️100% — 1-maygacha

❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi.

🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi.

‼️Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval 50% to‘lov amalga oshirilishi kerak.

📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤19👍2👏2
August 26, 2026 9.2K 9 155