❓Bu yil abituriyentlar eng ko‘p qaysi universitet va yo‘nalishlarni tanladi?
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, abituriyentlar tanlovida uchta oliy taʼlim tashkiloti yetakchilik qilgan:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU); Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU); Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU).
Abituriyentlar eng koʻp qiziqish bildirgan yo‘nalishlar orasida:
Davolash ishi; Iqtisodiyot; Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili bor.
Shuningdek, joriy yilgi oʻrtacha oʻtish ballari davlat granti asosida 134,6 ball, toʻlov-kontrakt boʻyicha esa 93,7 ballni tashkil etgan.