𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV: post #8551 — TG.ME

Forwarded fromJAJalilov. Qaydlar
"Davlat va huquq asoslari" fani dasturi loyihasi boʻyicha. Pedagog Jalol Boltayev eʼlon qilgan fikrlarga qoʻshilaman. Bu haqidagi fikrlarimni "Xalq taʼlimi info" nashrida bildirganman.

1. Dasturdagi oʻquv maqsadlarida Blum taksonomiyasining quyi darajalariga - bilish (yodlash) va tushunishga eʼtibor haddan tashqari kuchayib ketgan. Ayniqsa, tayanch taʼlim (8-9 sinflar) bosqichida. Yuqori darajadagi koʻnikmalarga juda kam oʻrin ajratilgan.

2. Dasturning hozirgi tahririda oʻquvchini ongli inson, ongli fuqaro sifatida koʻrib, huquq va uning manbalari mohiyatini tushunishiga eʼtibor qaratish oʻrniga, uni potensial jinoyatchi sifatida koʻrib, jazo bilan qoʻrqitish ustunlik qilmoqda. Maqsad, misol uchun, bezorilikni bu ishi notoʻgʻri ekani uchun, ongli ravishda qilmaydigan shaxsni emas, bezorilikka qonunda belgilangan sanksiya tufayli, qoʻrquv tufayli qilmaydigan shaxsni tarbiyalash boʻlib qolgan. Yaʼni huquqni oʻqitishga nisbatan demokratik jamiyatning emas, totalitar davlatning yondashuvi ustuvor boʻlib qolgan. Bu - fundamental jihatdan notoʻgʻri.

P.S. Britaniya, xususan, Kembrijning oʻrta maktablar uchun huquq dasturi bunday tamoyil asosida tuzilmagan.
❤24🔥13👍7
August 26, 2026 4.7K 3 3